Qoraqalpog‘iston Respublikasi “Kamalak” bolalar tashkilotining rayosat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
15.09.2017
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari Qo‘mitasi tomonidan joriy yilning 21-sentyabr kuni «Do‘stlik bog‘i»da «Halqaro tinchlik kuni»ga bag‘ishlab tadbir o‘tkazdi.
22.09.2017

“Millatlararo totuvlik va bag‘rikenglik – barqarorlik omili” mavzusida davra suhbati

Joriy yilning 14 sentyabr kuni Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida “Millatlararo totuvlik va bag‘rikenglik – barqarorlik omili” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Unda Ozarbayjon Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi birinchi kotibi, Geydar Aliyev nomidagi madaniy markaz direktori Samir hamda Gruziyaning O‘zbekistondagi elchixonasi katta maslahatchisi Anzor Meladzelar ishtirok etishdi.
Tadbir “O‘zbekiston-Ozarbayjon” va “O‘zbekiston-Gruziya” do‘stlik jamiyatlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari Qo‘mitasi tomonidan hamkorlikda o‘tkazildi.
Tadbirda davlatimizda millatlararo totuvlik va bag‘rikenglik borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan fikrlar bildirilib, uning yoshlarimiz tarbiyasidagi ahamiyatiga alohida urg‘u berildi. Ozarbayjon elchixonasi vakili o‘z nutqida O‘zbekistonda millatlararo totuvlik va bag‘rikenglikni ta’minlashda barcha sharoitlar yaratilganligiga alohida urg‘u berib o‘tdi.

Tadbirni “O‘zbekiston-Ozarbayjon” do‘stlik jamiyati raisi o‘rinbosari, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti prorektori B.Abdullayeva kirish so‘zi bilan ochib berdi. Shuningdek, Ozarbayjon Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi birinchi kotibi Sezar Abbasov hamda Qo‘mitaning MDH davlatlari bilan aloqalar bo‘limi boshlig‘i G.Abbasova tabrik so‘zlari bilan qutlashdi.
Tadbirda Qo‘mita xodimi G.Abbasova, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti o‘qituvchisi E.Matenova, universitet dotsenti, t.f.n A.Sobirov, “O‘zbekiston-Gruziya” do‘stlik jamiyati raisi o‘rinbosari S.Abdullayev hamda jamiyat ijrochi direktori X.Nazarov o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.