O‘zbekiston Prezidenti Jahon sayyohlik tashkiloti bosh kotibini qabul qildi
28.08.2017
2017 yil 25 avgustda Aksionerlik tijorat “Xalq banki”da Mustaqillik bayramining 26 yilligi sharofati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
30.08.2017

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev «Kattaqo‘rg‘on» dala-o‘quv maydonida o‘tkazilgan operativ taktik mashqlarni kuzatdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev 28-avgust kuni Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘shinlarining jangovar tayyorgarlik rejasiga muvofiq “Kattaqo‘rg‘on” dala-o‘quv maydonida o‘tkazilgan operativ taktik mashqlarni kuzatdi.

Mazkur dala-o‘quv maydonida Mudofaa vazirligi qo‘shinlari tomonidan dushman tahdidini qaytarish va uni yo‘q qilishga doir mashg‘ulotlar bir-biriga bog‘liq bo‘lgan jami oltita jangovar harakatlar epizodi va uchta alohida epizodda namoyish etildi. Vatanimiz himoyachilari barcha vazifalarni muvaffaqiyatli bajardi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev "Kattaqo‘rg‘on" dala-o‘quv maydonida o‘tkazilgan operativ taktik mashqlarni kuzatdi

Davlatimiz rahbari harbiy mutaxassislar bilan suhbatlashdi. Harbiylarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning xizmat va hayot sharoitlarini yaxshilash, bilimi va ma’naviyatini yuksaltirish masalalariga e’tibor qaratildi. Shavkat Mirziyoyev milliy armiyamiz moddiy-texnik ta’minoti bilan shug‘ullanadigan alohida tuzilma tashkil etish zarurligini ta’kidladi.

Prezidentimiz Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida qo‘llanib kelinayotgan harbiy texnika va qurol-aslahalar, ya’ni zirhli texnikalar, artilleriya qurollari, motoo‘qchi bo‘linmalaridagi avtomobillar, razvedka va aloqa vositalari bilan tanishdi.

Manba: www.uza.uz