Joriy yilning 18 avgust kuni “O‘zbekiston-AQSH” do‘stlik jamiyati majlisi bo‘lib o‘tdi.
28.08.2017
“Sharq taronalari” – milliy an’analar namoyishi
28.08.2017

Butun dunyo ibrat olsa arzigulik madaniyat

“Sharq taronalari” XI xalqaro musiqa festivali ishtirokchilari tanlov dasturidagi chiqishlaridan tashqari Samarqand viloyati tuman va shaharlarida Vatanimiz mustaqilligining 26 yilligi munosabati bilan o‘tkazilayotgan madaniy-ma’rifiy tadbirlar, ijodiy uchrashuvlarda qatnashmoqda.

Samarqand shahridagi Teatr maydonida o‘rnatilgan ko‘chma sahnada har kuni bir qator xorijiy davlatlar ansambllari viloyat musiqali drama teatri jamoasi bilan birgalikda o‘z konsert dasturlarini namoyish etayotir.

–“Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali munosabati bilan shahardagi istirohat bog‘lari, aholi gavjum maskanlarda ko‘chma sahnalar o‘rnatildi, – deydi Samarqand viloyati musiqali drama teatri rahbari B.Sharofov. – Ushbu sahnalarda festival ishtirokchilari o‘z dasturlarini namoyish etishi uchun barcha sharoit yaratildi. Teatr ro‘parasidagi sahnada ham ijodiy jamoamiz a’zolari chet ellik san’atkorlar bilan birga konsert qo‘yib, xalqimizning bayram kayfiyati yanada ko‘tarinki bo‘lishiga hissa qo‘shmoqda. Mazkur sahnalarda festivaldan keyin ham konsertlar, turli madaniy dasturlar namoyish etish belgilangan bo‘lib, bu shahrimiz aholisi, ayniqsa, yoshlarning maroqli hordiq chiqarishi, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishiga xizmat qiladi.

Afg‘onistonning “Safar” ansambli ushbu sahnada qo‘shiq kuylagan ilk xorijiy jamoa bo‘ldi. Ularning chiqishni muxlislar olqishlar bilan kutib oldi.

12.JPG

1.JPG
–Registon maydonida dastur bo‘yicha chiqishimizni, shuningdek, boshqa sahnalardagi kuy-qo‘shiqlarimizni aholi katta qiziqish bilan tinglayotgani, bizni qo‘llab-quvvatlayotganidan xursandmiz, – deydi “Safar” guruhi rahbari Murod Sarhush. – Bu o‘zbek xalqining yuksak madaniyati, san’atsevarligidan dalolatdir. Xalqingizning yana bir olijanob fazilati tinchlikparvarligidir. Dunyoning turli xalqlari vakillarini san’at vositasida bir-biriga yaqinlashtirish, tinchlikni, hamjihatlikni targ‘ib etish har qanday davlatning ham qo‘lidan kelavermaydi. O‘zbekiston mustaqilligining dastlabki yillaridanoq ana shunday siyosat yuritib, dunyoga namuna bo‘lmoqda. “Sharq taronalari” ham aynan shu maqsadga xizmat qilmoqda. Biz O‘zbekiston rahbariyatining Afg‘onistonda barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha ilgari surayotgan tashabbuslarini yuksak qadrlaymiz. O‘zbekiston xalqini Mustaqillik bayrami bilan tabriklaymiz.

Pastdarg‘om tumanidagi “Yoshlik” istirohat bog‘i sahnasida ham, bir necha kundirki, dunyo taronalari yangramoqda. Yevropa, Osiyo, Afrika, Amerika, Avstraliya qit’alaridan kelgan san’atkorlarning milliy kuy-qo‘shiqlarini kattayu kichik tinglab, birgalikda raqs tushmoqda.

–Ushbu istirohat bog‘iga kirib kelaverishda kelin-kuyovlarni uchratdik, – deydi Yaponiyaning “Enishi” an’anaviy cholg‘u asboblari guruhi a’zosi Yamada Mika xonim. – Rosti, ularning o‘zini tutishi, madaniyatiga havasim keldi. Ayniqsa, oppoq libosdagi kelinning barchaga egilib salom berishi butun dunyo xalqlari ibrat olsa arzigulik yuksak madaniyat. Konsert dasturida ikkita kuy ijro etmoqchi edik. Lekin tomoshabinlarning ohanglarimizga befarq emasligi va tinimsiz olqishlari tufayli yana bir nechta kuy ijro etdik. Samarqandda o‘tayotgan kunlarimiz taassurotlarga boy bo‘lmoqda. “Sharq taronalari” festivali hayotimizda unutilmas voqea bo‘lib qolishi shubhasiz.

Festival tadbirlari davom etmoqda.

Manba: www.uza.uz