Ma’naviy-ma’rifiy tadbir
15.08.2017
Hashar – elga yarashar
19.08.2017

“O‘zbekiston-Belgiya” do‘stlik jamiyati Ishchi guruhi majlisi

2017 yil 10 avgust kuni “O‘zbekiston-Belgiya” do‘stlik jamiyatining ishchi guruh majlisi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 26 yilligi munosabati bilan Toshkent shahrida o‘tkaziladigan tadbirlar yuzasidan fikr almashildi. Jumladan, Belgiya tarixi, madaniyati, urf-odatlari va an’analariga bag‘ishlangan fotoko‘rgazma tashkil etish, “Siz Belgiyani bilasizmi?” nomli tanlovi va boshqa tadbirlarni o‘tkazish masalalari muhokama qilinib, tegishli qaror qabul qilindi. Fotoko‘rgazma joriy yilning 8 sentyabrdan 8 oktyabrga kadar Toshkent shahrida Temuriylar tarixi davlat muzeida o‘tkazilishi, O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan tanlov natijalari ham shu kunlari e’lon qilinishi ko‘zda tutilgan.