Keksalarimiz e’zozda
11.08.2017
“O‘zbekiston-Belgiya” do‘stlik jamiyati Ishchi guruhi majlisi
17.08.2017

Ma’naviy-ma’rifiy tadbir

2017 yilning 14 avgust kuni soat 8:15 da O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 25 avgustdagi “Milliy g‘oya targ‘iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshrish to‘g‘risida”gi PQ-451-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida vazirlik shaxsiy tarkibining ijtimoiy va ma’rifiy bilimlarini mustahkamlash hamda jamiyatda yuz berayotgan o‘zgarishlarga oid axborotlarni ularga yetkazish maqsadida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Unda Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining Ma’naviyat va ma’rifat masalalari bo‘limi boshlig‘i, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, falsafa fanlari nomzodi Munojotxon Nurmatova “Millatlararo bag‘rikenglik – muvaffaqiyatlarimiz garovi” mavzusida ma’ruza qildi. Tadbir so‘ngida davra suhbati ishtirokchilariga. “Uzbekistan – strana tolerantnosti” (“O‘zbekiston – bag‘rikeng diyor”) filmi namoyish etildi.