O‘zbekiston Prezidenti Butunjahon taekvondo federatsiyasi prezidentini qabul qildi
11.08.2017
Istiqbolli loyihalar samarasi
15.08.2017

Keksalarimiz e’zozda

2017 yil 10 avgust kuni poytaxtimizning Chilonzor tumani “Bog‘i Diyor” maskanida “Nuroniy” jamg‘armasi Toshkent shahar bo‘limi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi bilan hamkorlikda “Fidoiying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!” shiori ostida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma olti yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Umri davomida yurtimmiz ravnaqi yo‘lida tinmay mehnat qilgan aziz otaxonlar va mehribon onaxonlarimiz uchun tashkil etilgan ushbu tadbirda Respublika Ozarbayjon milliy – madaniyat markazi, O‘zbekiston Rus madaniy markazi, O‘zbekiston qozoq milliy madaniy markazi, O‘zbekiston qirg‘iz madaniy markazi, O‘zbekiston koreys madaniy markazlari uyushmasi, Respublika Turkman madaniyat markazi, “Slavutich” Respublika Ukraina madaniyat Markazi hamda Ahmad Zaki Validiy nomidagi Toshkent shahar boshqird jamoaviy-madaniy markazi qoshida faoliyat yurtiayotgan badiiy jamoalar o‘z kuy va qo‘shiqlari bilan ishtirok etdilar.