Xonobod shahrida do‘stlik uchrashuvi
10.08.2017
Bog‘larda bayram shukuxi
11.08.2017

Eng ulug‘ bayram arafasida

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi Mustaqillikning 26 yilligi arafasida joylarda o‘zining ushbu eng ulug‘ baramimizga bag‘ishlangan madaniy-ma’rifiy tadbirlarini davom etdirmoqda.
Shunday tadbirlardan biri Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanidagi 18-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tdi. Ushbu ta’lim muassasasi joylashgan Ozod mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi vatandoshlarimizning 90 foizi qirg‘iz millatiga mansub bo‘lib, maktabdagi ta’lim ham aralash tilda ya’ni, qirg‘iz va o‘zbek tillarida olib boriladi.
Uchrashuv qatnashchilari mamnuniyat bilan qayd etganlaridek, jahon adabiyotining buyuk namoyandasi Chingiz Aytmatov millatdoshlari bo‘lgan Ozod mahallasi ahli ham mamlakatimizdagi barcha millat vakillari qatori o‘z ona tilida erkin muloqot qilishi, ta’lim olishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. “Olis qishloq ahlining kayfiyati, yangi o‘quv yiliga allaqachon shaylab qo‘yilgan maktabdagi fayz, obodlik va ko‘rkamlik, yorug‘ va ozoda ma’naviyat zali hamda shinamgina kutubxona bizni hayratga soldi”, deydi qo‘mitaning bo‘lim boshlig‘i Munojotxon opa Nurmatova.
“Fidoying bo‘lgaymiz seni O‘zbekiston” shiori ostida o‘tgan mazkur tadbirda Munojotxon Opa O‘zbekistonda bag‘rikenglik va insonparvarlik madaniyatini yuksaltirish, millatlararo hamjihatlikni, fuqarolar totuvligini ta’minlash borasida olib borilayotgan davlat siyosatining mazmun-mohiyatiga atroflicha to‘xtalib o‘tib, ushbu jarayonlarga daxldorlik hissi bilan yashash har bir O‘zbekistonlikning fuqarolik burchi ekanligini alohida qayd etdilar.
Viloyat qirg‘iz milliy madaniy markazi faolllari, maktab rahbariyati va o‘qituvchilar ishtirokida bo‘lib o‘tgan samimiy muloqotda 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq mamlakatimizda havfsizlik, barqarorlik va yaqin qo‘shnichilik muhitini yaratishga qaratilgan puxta o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy siyosatni yuritish, shuningdek, aholi, ayniqsa, yoshlar ongida insonparvarlik qadriyatlarini, turli millat vakillari o‘rtasida o‘zaro hamjihatlikni yanada mustahkamlashda har bir fuqaroning mas’uliyati haqida so‘z yuritildi va o‘quvchilarimizni millatlararo totuvlik va hamjihatlik ruhida tarbiyalashga doir tegishli tavasiyalar berildi.
Zulxumor Avazova,
Qo‘rg‘ontepa tamanidagi 18 – maktab direktori