Yuksak e’tibordan munavvar dillar
07.08.2017
Mamlakatimizda yangi o‘quv yili arafasida 1 ming 325 maktab yarmarkasi tashkil etiladi
08.08.2017

Futbol bo‘yicha mamlakat chempionati oliy liga bahslarining 16-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi

Toshkentning «Lokomotiv» klubi o‘z maydonida «Mash’al» (Muborak) jamoasi bilan 1:1 hisobida durang o‘ynagan bo‘lsa, «Navbahor» (Namangan) safarda «Obod»ni (Toshkent) 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Qarshining «Nasaf» jamoasi o‘z maydonida «Qo‘qon – 1912» klubi darvozasiga javobsiz uchta to‘p kiritib, g‘alabaga erishdi. Gollarga Sharof Muhiddinov, Dragan Cheran va Igor Golban mualliflik qildi.

«Metallurg»ni (Bekobod) qabul qilgan «Dinamo» (Samarqand) 0:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Farg‘onada «Neftchi» klubi «Sho‘rtan» (G‘uzor) bilan 1:1 hisobida durang o‘ynagan bo‘lsa, «Bunyodkor» (Toshkent) bilan «So‘g‘diyona» (Jizzax) jamoalari o‘rtasidagi bahsda hisob ochilmadi.

«Olmaliq» va «Buxoro», «Qizilqum» va «Paxtakor» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvlarda ham 1:1 hisobidagi durang natija qayd etildi.

Manba: www.uza.uz