Tibbiy xizmat sifati yuksalmoqda
03.08.2017
Adabiyot va san’at, madaniyatni rivojlantirish – xalqimiz ma’naviy olamini yuksaltirishning mustahkam poydevoridir
04.08.2017

Onalik va bolalikning ishonchli himoyasi

Navoiy viloyati Zarafshon shahar ona va bola skrining markazi onalik va bolalikni muhofaza qilish, har tomonlama sog‘lom avlodni voyaga yetkazish yo‘lida samarali faoliyat yuritmoqda.

O‘tgan yili ish boshlagan markaz Zarafshon shahri bilan birga, Uchquduq va Tomdi tumanlari aholisiga ham tibbiy xizmat ko‘rsatadi. 14 nafar malakali tibbiyot xodimi homilador ayollar va chaqaloqlarni belgilangan muddatda skrining tekshiruvidan o‘tkazish, biokimyoviy tahlil ishlarini sifatli olib bormoqda. Joriy yil boshidan buyon qariyb 2 ming homilador ayol markazda skrining tekshiruvidan o‘tkazilib, mutaxassislar tomonidan zarur maslahatlar berildi.

 Manba: www.uza.uz