Tadbirkor xotin-qizlar tanlovi
02.08.2017
Aholi uchun yanada qulaylik
03.08.2017

“Premium capital group” poyabzallari

Qarshi shahridagi “Premium capital group” mas’uliyati cheklangan jamiyatida zamonaviy texnologiya asosida yiliga 500 ming juft poyabzal ishlab chiqarilmoqda.

–Mahsulotlarimizga talabni hisobga olib, ishlab chiqarish hajmini kengaytirdik, – deydi korxona rahbari Dilshod Muftillayev. – Tegishli loyiha asosida foydalanilmayotgan binoni 1 milliard 800 million so‘m investitsiya kiritish sharti bilan “nol” qiymatda oldik. – Xorijdan charm terini bichish va tikish, presslash va pardozlash, tagcharmlarni qo‘yish ishlarini bajarishga mo‘ljallangan texnologik liniya keltirildi. Loyihaning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi samarasida qo‘shimcha 50 dan ziyod yangi ish o‘rni yaratildi.

Manba: www.uza.uz