Taniqli shoir, yozuvchi, jurnalist va jamoat arbobi Nasriddin Misriddinovich Muhammadiyev vafot etdi
10.07.2017
BUNDAY YURTNI QAYDAN TOPASAN…
10.08.2017

Qo`mitaning navbatdagi yig`ilishi

Joriy yilning 20 iyul kuni O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do`stlik aloqalari qo`mitasida yig`ilish bo`lib o`tdi. Yig`ilish kun tartibida O`zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma olti yilligiga tayyorgarlik ko`rish va o`tkazish, sentyabr oyida Toshkent shahrida milliy madaniy markazlar va do`stlik jamiyatlari raxbarlari uchun Respublika seminarini tashkil etish, va markazlar faoliyati bilan bog`liq turli masalalar ko`rildi.
Yig`ilishni Qo`mita raisining o`rinbosari Alisher Xadjayev olib borib, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan “Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do`stlik aloqalarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Farmoni va “O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do`stlik aloqalari qo`mitasi faoliyatini tashkil etish to`g`risida”gi Qarori jamiyatda bag`rikenglik va insonparvarlik madaniyatini yuksaltirish, millatlararo va konfessiyalararo hamjihatlikni, fuqarolar totuvligini ta’minlash, shuningdek xorijiy mamlakatlar bilan do`stona, teng huquqli va o`zaro manfaatli munosabatlarni mustahkamlash  O`zbekistonda davlat siyosatining ustuvor yo`nalishlaridan biri etib belgilanganligini alohida ta’kidlab o`tdi. U o`z so`zini quyidagi fikrlar bilan davom ettirdi:
Qo`mita millatlararo totuvlik, do`stlik va hamjixatlik prinsiplarini qaror toptirish, millatlararo munosabatlar madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan ijtimoiy tashabbuslarni kuchaytirish, muvofiqlashtirish va rag`batlantirishga doir chora-tadbirlarni amalga oshiradi. Shuningdek milliy madaniy markazlarga amaliy va metodik yordam ko`rsatadi, ularning tashabbuslarini qo`llab-quvvatlaydi. Millati, irqi va diniy e’tiqodidan qat’i nazar fuqarolar ongida ko`pmillatli oila tuyg`usini mustahkamlash, “O`zbekiston – umumiy uyimiz” tamoyilini amalga oshirish choralarini ko`radi. Dunyoning qaysidir burchagida bo`layotgan urushlar yoki ikki hukumat orasidagi salbiy munosabatlar  o`zbekistonda yashayetgan o`sha millat vakillari kayfiyatida aks etishi, ular orasida o`zaro dushmanlik munosabatlarini yuzaga keltirmasligi kerak. Bu esa milliy madaniy markazlar zimmasiga katta vazifalar yuklaydi. Markaz raislaridan siyosiy ziyraklikni talab etadi. Milliy madaniy markaz raisi bugungi kunda O`zbekiston hukumati olib borayotgan siyosatga og`ishmay amal qilishi, insonlarda bag`rikenglik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilish, tarix, madaniyat, milliy an’ana va urf-odatlarni asrab-avaylash ruhida tarbiyalashga alohida e’tibor qaratishi kerak. Bu millatchilik va ekstremizm aqidalariga qarshi mafkuraviy immunitetga ega, mustaqillik g`oyalariga sodiq, O`zbekiston milliy manfaatlarini ilgari suradigan ma’naviy barkamol avlodni shakllantirish imkonini beradi.