Мемориал благодарности
07.07.2017
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga keldi
07.07.2017

Qo`mita faoliyatining targ`ibotlari davom etmoqda

      2017 yilning 5-6 iyul kunlari Qoraqalpog`iston Respublikasi va Horazm viloyatlarida faoliyat yurtiayotgan Milliy madaniy markazlar faoliyati bilan yaqindan tanishish hamda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 19 maydagi “Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do`stlik aloqalarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PF-5046-son Farmoni va 2017 yil 23 maydagi “O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do`stlik aloqalari qo`mitasi faoliyatini tashkil etish to`g`risida”gi PQ-2993-son Qarori mazmun mohiyati xaqida batafsil tushuncha berish maqsadida Qo`mita raisi o`rinbosari A.Xadjayev va ma’naviy-marifiy masalalar bo`limi yetakchi mutaxassisi U.Tursunovlar hizmat safarida bo`lishdi.

      5 iyul kuni Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi binosida bo`lgan yig`ilishda respublikadagi mavjud 6 ta milliy madaniy markaz raislari, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi o`rinbosari, Milliy madaniy markazlar faoliyatini muvofiqlashtirish Kengashi raisi M.Aleuov, Qoraqalpog`iston Respublikasi adliya vazirligi va Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi xodimlari ishtirok etishdi.
      O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do`stlik aloqalari qo`mitasi raisi o`rinbosari A.Xadjayev yig`ilganlarga Prezidentimizning Millatlararo totuvlik masalasida olib borayotgan siyosati, qo`shni davlatlar bilan o`rnatilayotgan do`stlik aloqalari, bu borada qilinishi kerak bo`lgan vazifalarning “Xarakatlar strategiyasi”da aniq ko`rsatib berilganligi, Prezidentimiz tomonidan yaqinda imzolangan farmon va qaror ham mazkur yo`nalishda bajarilishi kerak bo`lgan vazifalarni belgilab berganligi xaqida gapirdi. O`zaro fikr almashish, savol-javob tarzida o`tgan uchrashuvda Milliy madaniy markaz raislari bugungi kunda yechimini kutayotgan muammolar haqida fikr-mulohazalarini bildirishdi.